UEFA evrokuboklar borasida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610

UEFA evrokuboklarning joriy mavsumda yakuniy qismi formati borasida qaror qabul qildi. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan boshlab Lissabonda «Sakkiz finalchi» formatida yakuniga etkaziladi. Nimchorak final bosqichining javob o'yinlari rejadagidek mezbon jamoa maydonida o'tkaziladi.
Evropa ligasi ham xuddi shunday sxema asosida Germaniyada o'tkaziladi.
Evropa superkubogi uchrashuviga esa Budapesht mezbonlik qiladi.
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining qolgan qismi Ispaniyada o'tadigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206