Milliy jamoalar markazi loyihasi taqdimoti o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangibosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Bugun O'FA konferentsiyalar zalida xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu o'quv-mashg'ulot markazi loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Mazkur taqdimotda O'FA rahbariyati, terma jamoalar bo'limi mutaxassislari va murabbiylari ishtirok etib, loyiha bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ushbu markazning zamon talablariga mos, futbolchilar uchun har tomonlama qulay jihozlanishi mavzusi muhokama etildi.
Manba: ufa.uz
Bosh sahifaga
237