Uchinchi divizion klubi «Liverpul» ustidan shikoyat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

Angliya uchinchi divizioni vakili «Shrusberi Taun» klubi «Liverpul» ustidan Angliya futbol assotsiatsiyasiga shikoyat kiritdi.
Mersisaydliklar Angliya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida ushbu jamoa bilan to'qnash kelib, uchrashuvga zaxira tarkibini yuborishgan edi. Shunga qaramay, Klopp jamoasi bu bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
«Liverpul» mazkur uchrashuvga ikkinchi tarkib bilan kelgani uchun o'yin jonli efirda namoyish etilmadi. Natijada «Shrusberi» klubi teletranslyatsiyadan tushishi mumkin bo'lgan daromaddan mahrum bo'lgan. Shu bois, uchinchi divizion klubi mersisaydliklardan yo'qotilgan daromadning o'rnini qoplab berishni talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin 4 fevral kuni bo'lib o'tgan edi. Birinchi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

Bosh sahifaga
259