Levandovski shaxsiy rekordini yana yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 559

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumdagi o'zining 45-golini urib, shaxsiy rekordini yana bir marta yangiladi.
Polshalik futbolchi Germaniyalik kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Ayntraxt»ga qarshi uchrashuvda (2:1) jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U klub darajasida 39-o'yinda maydonga tushib, 45-to'pini kiritdi.
31 yoshli futbolchi avvalgi rekordini 2016/17 mavsumda o'rnatgan edi. O'shanda u 47ta bahsda 43ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256