Giggz Ronaldu bilan yuz bergan mojaro haqida so'zladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 649

"Manchester Yunayted" klubi sobiq o'yinchisi Rayan Giggz jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan qay tarzda mojaroga borganini aytib o'tdi.
Giggz portugaliyalik futbolchining nonushtaga Koka-Kola ichimligini ichayotganini ko'rgan va unga tanbeh bergan: "Biz bu erda bunday qilmaymiz".
Bu esa Ronalduga yoqmagan hamda navbatdagi o'yinda "xet-trik"ni rasmiylashtirgan va Giggzga: "Nima xohlasam, shuni ichaman, Giggz", degan.
Eslatib o'tamiz, Rayan ushbu voqeani "Utd Podcast" efiri paytida gapirib berdi.
Giggz butun faoliyatini (1990-2014) "MYu" safida o'tkazgan bo'lsa, Ronaldu 2003-2009 yillarda mankunianliklar sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257