«Dinamo» klubi mashg'ulotlarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 559

2020 yilgi Pro-liga starti oldidan 10 iyun kunidan boshlab «Dinamo» klubi ham milliy chempionat o'yinlariga tayyorgarlikni boshladi.
Rejalashtirilganidek, yig'in oldidan klubning Samarqanddagi qarorgohi dezinfektsiya qilinib, mashg'ulotlardan avval barcha futbolchilar va klub xodimlari test topshirishdi.
Shundan keyin «Dinamo» klubi bosh menejeri Ilhom Sharipov jamoa a'zolari ishtirokida yig'ilish o'tkazib, futbolchilarga karantin davrida PFL tomonidan belgilangan ehtiyot choralari va talablarga qat'iy amal qilishni so'radi. Shuningdek, klub sport direktori Rustam Istamov va jamoa shifokori ham so'zga chiqib, bu borada atroflicha tushuntirish olib bordi.
Kechga yaqin esa jamoa futbolchilari yopiq eshiklar ostida «Dinamo» stadionida mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatini tezroq tiklashga qaratilgan.
Ma'lumot uchun, «Dinamo» klubi bosh murabbiyligi uchun viloyat va klub rahbariyati nomzod murabbiylar ro'yxatini ko'rib chiqmoqda.

Bosh sahifaga
201