Evropa ligasining qolgan qismi o'tadigan joy ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

Evropa ligasining qolgan qismi Germaniyada o'tkazilishi mumkin.
"ESPN" tarqatgan xabarga ko'ra, UEFA qolgan uchrashuvlarni Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg va Gelzenkirxen shaharlarida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasining nimchorak final bosqichi doirasida 6ta juftlikda dastlabki o'yinlar o'tkazilgan bo'lsa, 2ta uchrashuv boshqa muddatga qoldirilgan. Bundan tashqari, hali javob bahslari ham o'tkazilishi kerak. Final esa Polshaning Gdansk shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasining nimchorak final bosqichiga Germaniyaning 3ta klubi — "Bayer", "Volfsburg" va "Ayntraxt" etib kelishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196