«Barselona» himoyachisi La Liga protokolini buzdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 785

«Barselona» himoyachisi Nelson Semedu La liga boshlanishi oldidan belgilangan me'yoriy qoidalarni buzdi.
"Diario Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi dushanba kuni tug'ilgan kunga tashrif buyurdi. U erda 20 kishidan ortiq odam yig'ilgan bo'lib, unda futbolchi va tadbirning boshqa ishtirokchilari tibbiy niqob taqishmadi va ijtimoiy masofa saqlashmadi.
Shu tariqa, Semedu Ispaniya hukumati va La liga rahbariyati tomonidan berilgan tavsiyalarga amal qilmadi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati portugaliyalik futbolchining tug'ilgan kunga borishidan bexabar bo'lgan. «Barselona» ushbu masalani klub ichida hal qilib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194