«Atletiko» «Real»ga yordam qo'lini cho'zdi, biroq...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 860

"Real" o'zining bosh arenasi hisoblangan "Santyago Bernabeu"da keng qamrovli rekonstruktsiya ishlarini olib borayotgani uchun mavsumning qolgan qismidagi uy o'yinlarini kamtargina Alfredo di Stefano nomidagi arenada o'tkazadigan bo'ldi.
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso esa o'z hamshaharlariga yordam qo'lini cho'zdi.
"Biz "Real"ga uy uchrashuvlarini o'z maydonimizda o'tkazish uchun ruxsat beramizmi? Biz "Real"ga yordam berishga tayyormiz. Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak", — dedi Sereso "Reuters"ga bergan intervyusida.
Ammo "Qirollik klubi" ushbu yordamdan foydalanmoqchi emas. Jamoa o'z o'yinlarini mashg'ulot bazasidagi stadionda o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190