O'g'rilar «Milan» hujumchisiga to'pponcha tirab, soatini olib ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 758

«Milan» hujumchisi Samu Kastilexo o'g'rilik qurboniga aylandi. 25 yoshli futbolchining aytishicha, bosqinchilar unga to'pponcha tirab, soatini olib ketishgan.
«Milanda hammasi joyidami? Ikki yigit yuzimga to'pponcha o'qtalib, meni o'marishdi», — deya yozdi Kastilexo instagram orqali.
Ispaniyalik futbolchi bo'lib o'tgan voqeadan shokka tushgan, ammo o'ziga zarar etmadi. Voqea yuzasidan u politsiyaga xabar berdi.
Italiya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Kastilexo o'z mashinasida svetoforda to'xtagan paytda, unga ikki yigit yugurib kelishgan va jinoyat sodir etishgan.
Kastilexo 2018 yilda 21,3 mln evro evaziga «Vilyarreal»dan «Milan»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u Italiya chempionati doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga uzatma berdi. Uning "rossoneri" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
219