Benzema 2,5 mln evrolik «Bugatti»si bilan maqtandi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1682

«Real» hujumchisi Karim Benzema narxi 2,5 mln evro turadigan "Bugatti Chiron" avtomobilining suratini instagram orqali namoyish qildi.
Frantsiyalik futbolchi ushbu mashinani 2018 yilda xarid qilgan bo'lib, xuddi shunday avtomobil Krishtianu Ronalduda ham bor.
"Bugatti Chiron" ikki yarim soniyada tezligini 100 km/soatga chiqara oladi. Uning maksimal tezligi 420 km/soatga teng.
Benzema garajida bir nechta qimmatbaho avtomobillar, jumladan, Lamborghini Aventador, Bugatti Veyron Pur Sang, Mercedes SLR McLaren, Mercedes AMG G63, Lamborghini Urus, Rolls Royce Cullinam va Ferrari 488 Spider kabi mashinalar bor.
Tout le monde veut se refaire ☄️
A post shared by Karim Benzema (@karimbenzema) on Jun 9, 2020 at 7:22am PDT
Manba: sport24.ru
Bosh sahifaga
223