Serbiya klubi futbolchilari ochlik e'lon qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537
Serbiyaning 3-divizioni klubi — «Borats» futbolchilari maoshlar o'z vaqtida berilmayotgani munosabati bilan ochlik e'lon qilishdi. "Eurosport" tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu "qo'zg'olon"da 25 nafar o'yinchi ishtirok etmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda «Borats» qarzdorlik tufayli tarqatib yuborilgan. Klub xo'jayinlari «Provo» nomli klubni sotib olib, uni «Borats 1926» deb qayta nomlashgan. Ammo rahbariyat futbolchilar bilan hisob-kitob qilishga shoshilishmayapti.
Serbiya futbolchilar kasaba uyushmasa rahbari Mirko Poleditsaning ta'kidlashicha, «Borats» futbolchilarining norozilik aktsiyasi dushanba kunidan boshlab davom etmoqda. O'yinchi bitta tunni shahar hokimiyati binosi yaqinida o'tkazishgan.
«Agar hukumat sportchilarga nisbatan shunday munosabatdi bo'lishga uyalmasa, biz bunday chorani qo'llashdan uyalmaymiz», — dedi Poleditsa.

Bosh sahifaga
222