Kante «Chelsi»ning umumiy guruh mashg'ulotiga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 481
«Chelsi» yarim himoyachisi Ngolo Kante klubning jamoaviy mashg'ulotlariga qo'shildi.
Frantsiyalik futbolchi kecha va bugun jamoaning kontaktli mashg'ulotlarida to'laqonli ishtirok etdi. «Chelsi» rahbariyati tomonidan bosimning yo'qligi Kantening fikrini o'zgartirishga ta'sir qildi.
Mashg'ulot va o'yinda ishtirok etish uning sog'lig'iga ta'sir qilmasligiga ishonch hosil qilgach, Kante jamoaviy mashqlarga qaytishga qaror qildi.
Shu paytgacha «Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Kantesiz o'yin uslubini shakllantira boshlagan edi. Chunki Ngolo o'zi orqali oila a'zolariga koronavirus yuqib qolishidan qo'rqayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!