Habib Nurmagomedovning Jastin Getjiga qarshi jangi ehtimoliy sanasi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 773
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Rizvon Magomedov vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi kechadigan jangning taxminiy sanasini aytdi.
«Bizda taxminiy oy mavjud — bu sentyabr. Jang joyi va aniq sana hali ma'lum emas. Musobaqalar soni noma'lum bo'lgani tufayli hammasi noaniq bo'lib qolmoqda.
Qaytaraman, bu faqat taxminiy sana. Bo'lajak raqib? Getjidan boshqa yana kim bo'lishi mumkin?», — deydi Magomedov.
Eslatib o'tamiz, Jastin Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag'lub etgan holda engil vazn toifasi vaqtinchalik chempioniga aylandi va mazkur vazn chempioni Habibga qarshi jang qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!