Yurgen Klopp Gyottse haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 762

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse haqida o'z munosabatini bildirdi.
- Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yakunlanayotganini butun futbol jamoatchiligi xabardor. Agar bir yil avval shartnomani uzaytirishni imkoni bo'lmasa, demak, bu futbolchining klubdan ketish alomatidir. Marioga ehtimol muntazam ravishda asosiy tarkibdan joy beradigan klub kerak bo'lar. Shuning uchun Gettse muntazam ravishda maydonga tushishi kerak. O'ylaymanki, qachondir avvalgi Mario Gettseni ko'ramiz. Shubhasiz, «Borussiya» o'z tarkibidagi hujumkor futbolchilarni tanlab olish imkoniyati yuqori edi. Marioning «Borussiya»ni tark etayotgani aniq. Unga omad tilayman. Men uni inson sifatida ham, futbolchi sifatida ham hurmat qilaman, — Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Deutschland.

Bosh sahifaga
268