"Selta" bosh murabbiyi La Ligani tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 706

Ispaniyaning «Selta» klubi bosh murabbiyi Oskar Garsiya La Ligada besh nafar futbolchi almashtirish qoidasi kiritilishini tanqid qildi.
— Kelinglar, aniqlab olaylik. Mening fikrimcha, besh nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berish faqatgina katta klublarga foyda keltiradi. Favorid klublarning zahira o'rindig'ida ham sifatli futbolchilar o'tiradi. Qolaversa, top-klublardagi zahira futbolchilarini taxmin qiladigan bo'lsak, ular Halqaro xarakterga ega futbolchilar ekanligiga amin bo'lamiz. Qisqa qilib aytganda, ba'zi murabbiylar uchun beshta futbolchi almashtirish katta ustunlikni beradi, — Garsiyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Cadena Cope.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258