Sterling: "APLdagi futbolchilarning uchdan bir qismi qora tanli futbolchilar"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 712

Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchisi Raxim Sterlingni Angliyada qora tanli murabbiylarning kamligi xavotirga solmoqda.
— Angliya Premer-ligasida 500 nafarga yaqin futbolchi bor, ularning uchdan bir qismi qora tanli futbolchilar sanaladi, lekin biz yuqori lavozimda emasmiz, shuningdek, murabbiylar shtabida ham emasmiz. Bu haqda gaplashadigan odamlar ko'p emas. O'zgarishlar tufayli parlamentdagilar bilan, mening klubimdagi rahbariyat bilan, mamlakatdagi barcha futbol klubdagilar bilan, Angliya terma jamoasidagilar bilan o'zgarishlarni amalga oshirish va qora tanli murabbiylarga imkoniyat berish haqida gaplashish mumkin, - Sterlingning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262