Gol urish borasida imkoniyatlardan eng ko'p foydalanayotgan futbolchi kim? Ronaldu emas!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2652

Opta portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Germaniyaning «Fortuna» klubi hujumchisi Rouven Xennings Evropaning kuchli beshlik chempionati futbolchilari orasida yuzaga kelgan imkoniyatlarni golga aylantirishda peshqadamlik qilmoqda. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum 17 ta golli vaziyatning 13 tasini aniq darvozaga yo'llay oldi -76,5%.
Ikkinchi o'rinda esa Frantsiyaning «Lion» klubi hujumchisi Mussa Dembele egallab turibdi — 18 ta imkoniyatning 13 tasidan unumli foydalangan (72,2%), uchinchi o'rin esa «Atalanta» hujumchisi Yosip Ilichich tegishli — 17 imkoniyatdan 12 ta samarali natija (70,6%).
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa ushbu ro'yxatning ettinchi o'rinida turibdi - 22 ta vaziyatning 15 tasidan aniq foydalangan (68,2%).

Bosh sahifaga
268