Keyingi mavsumda uch mamlakat fuqarolari Rossiyada legioner futbolchi sanalmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Bugun Rossiya Futbol Ittifoqida navbatdagi yig'ilish o'tkaziladi. Ushbu yig'ilishda keyingi mavsum uchun legionerlar masalasi ko'rib chiqiladi.
Rossiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Armanistonlik, Qirg'izistonlik va Qozog'istonlik futbolchilar keyingi mavsumda RPLda legioner futbolchi sanalmaydi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi mavsumdan RPLda to'p surayotgan Belorussiyalik futbolchilar xorijiy futbolchilar sanalishmasdi.
Qayd etish kerakki, Rossiya Premer-Ligasi 19 iyundan davom ettiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!