Bonuchchi Sarri va Allegrini taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528
Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri va sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegrilarni o'zaro taqqosladi.
Futbolchining so'zlariga qaraganda, ikki mutaxassis ham murabbiylik tabiati bo'yicha farq qiladi. Sarri taktik jihatdan kuchli, Allegri esa futbolchilarni ruhan tayyorlay oladi.
«Farqlari bor. Allegri kiyinish xonasida qanday boshqarishni, mavsumning eng qiyin daqiqalarini engishni biladi. Besh yillik faoliyati davomida u o'zini bu masalalarda usta ekanligini ko'rsata oldi. Sarri - ehtiyotkor, taktikaga ishtiyoqi yuqori, o'z jamoasini yaxshi o'yin namoyish etishini yaxshi ko'radigan murabbiy», - dedi Bonuchchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!