«Fiorentina» bosh murabbiyi koronavirusga chalinib, uni engib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 648

«Fiorentina» bosh murabbiyi Juzeppe Yakini koronavirusga chalinib, uni engib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda klub prezidenti Rokko Kommisso xabar tarqatdi.
«So'nggi oylarda murabbiyimiz ham kasallar safida bo'lgan, ammo bundan mening xabarim bo'lmagan. U mening qo'llab-quvvatlashimga umid qilishi mumkin», — dedi Kommisso "football-italia"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, turli vaqt davomida «Fiorentina»ning 10 nafardan ortiq a'zosida COVID-19 aniqlandi. Ular orasida tibbiyot shtabi xodimlari, direktor Daniele Prade, futbolchilar Dushan Vlaxovich, Patrik Kutrone va boshqalar bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215