UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8002
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 10 yanvar kuni Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida yig'in boshlagani haqida avval xabar berib o'tgandik. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida birinchi navbatda futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga e'tibor qaratildi. Karima Yo'ldosheva shogirdlari trenajyor zalida fitness bo'yicha murabbiy bilan mashg'ulot olib borishdi. Shuningdek, nazariy va amaliy mashg'ulotlarda ham qatnashishdi. Bundan tashqari, futbolchi qizlar bilan tajribali psixologs Tatyana Usova ham ish olib bordi.
"Yig'in a'lo darajada o'tdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi jismoniy holatga chiqib bormoqda. Biz bu borada katta hajmdagi ish olib bordik. Shuningdek, futbolchi qizlarni bo'lajak musobaqalarga nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan tayyorlash uchun Tatyana Usova xizmatlaridan foydalandik.
Navbatdagi yig'in 10-23 fevral kunlariga mo'ljallangan. Terma jamoaning muhim musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligidan ko'nglim to'lmoqda. Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz, degan umiddaman", - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi. Mazkur musobaqaga 13 fevral kuni qur'a tashlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!