"Liverpul" va "PSJ" "Real" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390

Braziliyalik futbolchi jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Juniorga ikki top-klub davogarlik qilmoqda. Ispaniya matbuot tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Vinisius uchun "PSJ" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Vinisius «Real» klubiga 2018 yilning iyulida kelib qo'shilgandi. O'shanda «qaymoqranglilar» «Flamengo» klubiga 45 million evro o'tkazib berishgandi.
Braziliyalik futbolchining "Real" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida o'z yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197