"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 640

Superliga restartiga Yangier shahrida tayyorgarlik ko'rayotgan Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi kecha birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu uchrashuvda Viktor Bolyutovich quyidagi tarkibni sinab ko'rdi:
Birinchi bo'limdagi tarkib: Aslonbek Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnudbek Avilov, Azamat Isroilov, Jahongir Abdumo'minov, Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov, Muhammad Yuldashev, Jamshid Hasanov, Artyom Litvyakov.
Ikkinchi bo'limdagi tarkib: Islombek Abdullaev, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Qahramon Bahodirov, Qahramon Bahodirov, Timur Usmanov, Siroj Meliev.
Nazorat uchrashuvida vakillarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov va Baxtiyor Qosimovlar mualliflik qilishdi.
Manba: "Andijon" matbuot xizmati
Bosh sahifaga
244