FIFA Eronni barcha musobaqalardan chetlatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 707
FIFA Eron futbol federatsiyasini barcha xalqaro musobaqalardan chetlatishi mumkin. Bu haqda Eron matbuotiga asoslanib Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.
"Mehr News" agentligining xabar tarqatishicha, FIFA 29 may kuni EFFga ogohlantirish yuborgan. Unga ko'ra, federatsiya 5 iyunga qadar o'zining Nizomiga ba'zi o'zgartirishlar kiritish shartini qo'ygan.
Jumladan, Eron sport vazirining EFF bosh assambleyasi a'zosi ekani FIFA Nizomiga zid bo'lib, qoidaga muvofiq federatsiya davlat organlaridan mustaqil bo'lishi kerak.
Agar FIFA haqiqatan ham Eron futbol federatsiyasini jazolasa, mamlakatning barcha jamoalari rasmiy musobaqalardan chetlatiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!