Pro-ligani boshqarishga nomzod bo'lgan hakamlar FIFA testlarini topshirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1697

14-18 yanvar kunlari Pro-liga musobaqalarida hakamlik qilishga nomzod bosh hakamlar va yordamchi hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot seminari bo'lib o'tgani haqida avval xabar berib o'tgandik. 21 yanvar kuni hakamlar uchun navbatdagi o'quv-seminari boshlandi. Seminar davomida hakamlar jismoniy tayergarlik bo'yicha FIFA testlarini topshirishmoqda. Bundan tashqari, nazariy bilimlarini tekshirish imtihonlari ham o'tkaziladi. Hakamlar o'quv-mashg'ulot seminari davomida o'rtoqlik uchrashuvlarida hakamlik qilishadi, tayerlangan video materiallar asosida savollarga javob berishadi, o'yin qoidalariga kiritilayotgan yangiliklardan xabardor bo'lishadi, amaliy mashg'ulotlarda qatnashishadi va shu yo'l bilan ular 2019 yilgi mavsumga tayyorlanishadi. Mazkur seminar 25 yanvarga qadar davom etadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlarga hakamlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi sertifikatlar topshiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191