«Barselona» «San-Paulu» o'yinchisining transfer huquqini qo'lga kiritadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 785

«San-Paulu» hujumchisi Gustavo Mayya faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchining 70 foiz huquqini 4,5 million evroga sotib olishadi. Bu haqda o'yinchining agenti xabar berdi.
Avvalroq «Barselona» 1 mln evro evaziga Mayyaning ustuvor huquqini sotib olgan edi.
Ma'lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi ispan tilini o'rganishni boshlab yuborgan va Evropaga ko'chib o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260