Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 774
«Yuventus» va Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyor ekanini ma'lum qildi.
«Men murabbiylik litsenziyani olish ustida ishladim, lekin hozir koronavirus tufayli jarayon to'xtab qoldi. Uni sentyabr oyida olishim kerak.
Men ba'zi klublar bilan muzokara o'tkazdim. Ko'ramiz, keyinchalik nima bo'lar ekan. Men xorij jamoalarini boshqarishga tayyorman, muammo ko'rmayapman.
Men «Nyu-York Siti»da o'ynadim. Shuning uchun qaerda bo'lsa ham murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyorman.
Futbolni sog'indim deb ayta olmayman, ammo yangi sinovlarga tayyorman. Ikki yillik dam olishdan so'ng menga nima kerakligini tushunib etdim», — dedi Pirlo "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.