Osiyo boks konfederatsiyasi o'z rejalarini avgust oyida e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 589
Osiyo boks konfederatsiyasi o'zining istiqbolli rejalarini muhokama qilish maqsadida onlayn videokonferentsiya o'tkazdi. Unda tashkilot rahbariyati va Ijroiya qo'mitasi vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida 2020-2021 yillar mobaynida boksning qit'amizdagi istiqbolini yanada rivojlantirish, Tokio Olimpiadasining qoldirilishi sabab tashkilotning rejalari, musobaqalar taqvimini ko'rib chiqish kabi masalalar muhokama qilindi. Xulosa o'rnida avgust oyida barcha masalalar bo'yicha yakuniy qaror va rejalar tasdiqlanishi ta'kidlandi.
Qolaversa, qit'amizning eng kuchli bokschilari o'rtasida tashkil qilinadigan Katta dubulg'a turnirining nufuzini yanada oshirish masalasi ham ko'rib chiqildi. Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa 2019 yilning dekabr oyida Xitoyda ilk bor tashkil qilingan.