Gattuzoning singlisi 37 yoshda vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 603

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning singlisi Francheska 37 yoshida vafot etdi, deya xabar tarqatdi Italiya matbuot.
Ayol shu yilning fevral oyida og'ir ahvolda reanimatsiyaga etkazilgan edi. Unga zudlik bilan jarrohlik amaliyoti talab qilingan edi. Shundan beri u Vare shahridagi shifoxonada qolayotgan edi. Francheskaning ahvoli og'irlashib, 2 iyun kuni hayotdan ko'z yumdi. Ma'lumotlarga qaraganda, Gattuzo «Napoli» mashg'ulot bazasida bo'lib turgan paytida singlisining o'limidan xabar topgan.
Francheska Jennaroning sobiq klubi — «Milan» qarorgohida ancha yillardan beri kotiba lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238