Masharipov: "O'zbekistonda o'ynayotgan hech bir futbolchini 6 million evroga olishmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 720

"Paxtakor" hamda O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Kun.uz saytining "Footweek" ko'rsatuvida Turkiyaning "Trabzonspor" klubidan bo'layotgan takliflar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
– Turkiyaning mashhur klubi "Trabzonspor" sizga "sovchilik"ka chiqqani haqida xabarlar yangradi. Bu haqda nima deysiz?
– Menimcha, karantin bu xabarlarni tarqalishiga sababchi bo'ldi. Sababi "Paxtakor" murabbiyi Shota Arveladze karantin tufayli Turkiyaga uchib ketdi va u erda bergan intervyularida men haqimda ham gapirgan. Shota meni ularga tavsiya qilgan, keyin ular menga qizqish bildirgan va meni ishtirokimdagi videolavhalarni ko'rib chiqishgan. Bu haqda hatto turk matbuoti ham bir nechta xabarlar tarqatdi. Ammo hammasi transfer narxi ma'lum bo'lgach to'xtab qoldi. To'g'risi, transfer narxim 6 million evroligini o'zim ham endi bildim. Avvalgi intervyularimda ham aytganman meni transfer narxim qimmat deb, lekin 6 million evro bu men kutganimdan ham ancha qimmat. O'zbekistonda o'ynayotgan hech bir futbolchini 6 million evroga olishmaydi, 3 millionga olishsa ham katta gap. Agar Shomurodovga o'xshab Rossiyada o'ynab, biror narsaga erishsangiz keyin olishi mumkin.
– Haqiqatga yaqin narx qancha deb o'ylaysiz?
– "Paxtakor" mening orqamdan qancha ko'p pul ishlasa menga yaxshi, lekin 2 million narx belgilasa ham imkoni bor edi. Bunaqa katta summaga Evropadan ham yaxshiroq futbolchi ololsa bo'ladi. Jahon chempionatida o'ynamagunimizcha, bizni bunaqa katta narxa sotib olishmaydi. Qolaversa, menga arab klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bor. Ammo men o'zimni to'xtatib turibman. Agar arab klublariga o'tib ketadigan bo'lsam, muxlislar "Evropa ketaman derding, pulni tanlading" deb yozishadi.
– Sizningcha 6 million evro narxni kim belgilayapti?
– Hozircha bu narxni aniq kim qo'yganini bilmayman. Hammasi tez sodir bo'ldi. "Trabzonspor" Masharipovga qiziqyapti degan xabarlar tarqaldi, ertasi kuni turk klubi Masharipovning narxini eshitib shokka tushdi degan xabarlar paydo bo'ldi.
– Agentiz Tkachenko bu haqda qanday fikrda?
– U ham bu narxdan shokda. Menga narxingni boshqacha aytgandiku deyapti. Bunaqa narxim borligini o'zim ham endi bildim dedim. U ham tushunib turibdi, "Paxtakor" meni qo'yib yubormoqchi emas.
– "Paxtakor" sizni nima uchun qo'yib yubormayapti?
– O'ylashimcha, klubga OChL uchun kerakman. Klubning maqsadi chempionlar ligasi finaligacha borish.
– Bunday vaziyatda "Paxtakor"ni ham to'g'ri tushinish kerakdir yoki vaqt boy beriladi deb o'ylaysizmi?
– Vaqt boy beriladi desa ham bo'ladi. Sababi men hozir 26 yoshdaman, 2-3 oydan keyin 27taga to'laman. Agar 22-23 yoshda bo'lganimda, men "Paxtakor"da qolib, yana 2 yil o'ynab berardim.
– Siz O'zbekiston chempionati saviyasidan o'tib bo'ldingiz...
– Ha, shunaqa deb o'ylayman. O'zbekiston chempionatining saviyasi ham yomon emas yaxshi. Bu erda o'ylagan maqsadlarimga erishdim, lekin shu darajaga etib kelgandan keyin klublar futbolchilarni qo'yib yuborishi kerak. Menimcha, shu vaqt keldi. Yaqinda klub bilan gaplashib olaman. O'ylaymanki, "Paxtakor" meni tushunadi, chunki bu er mening o'yim. Hech qachon "Paxtakor"ni yuziga oyoq qo'yib ketmiman. Men shu erda tanildim.

Bosh sahifaga
253