Yozef Blatter: "Infantino futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbariyati Janni Infantinoni keskin tanqid ostiga oldi.
- Aftidan, Janni Infantino prezidentlik yo'lini tozalamoqchi. U futbolni ulkan pul mashinasiga aylantirmoqchi. U hamma narsa katta bo'lishini xohlaydi. JChdagi ishtirokchilarning sonini 48 taga etkazish uchun o'ylab topilgan "Goal" loyihasi nomini o'zgartirdi, chunki, u uch baravar katta pul ishlab topishni xohlaydi. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 24 taga, ayollar o'rtasidagi jahon chempionatidagi qatnashchilar sonini 24 tadan 32 taga etkazmoqchi. Buni amalga oshirish mumkin emas. U o'zi bilan o'za o'ynamoqda, chunki u o'ziga ishonmoqda. U o'zining takabburligi uchun assotsiatsiya prezidentlari bilan emas, mamlakat rahbarlari bilan gaplashmoqda, — Blatterning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Keystone-SDA.

Bosh sahifaga
221