OFKga a'zo futbol assotsiatsiyalari bosh kotiblari uchun onlayn konferentsiya bo'lib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 884

Joriy yilning 4-5 iyun kunlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo assotsiatsiyalar bosh kotiblari ishtirokida 2020 yilgi onlayn konferentsiya o'tkaziladi.
Qit'a futbol uyushmasining barcha mintaqaviy assotsiatsiyalari uchun navbatma-navbat tashkil etiladigan onlayn konferentsiyaning dastlabkisida Markaziy va Janubiy Osiyoda joylashgan futbol assotsiatsiyalari bosh kotiblari qatnashadi. Jumladan, mazkur konferentsiyada O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov ham ishtirok etadi.
Mazkur konferentsiyaning asosiy maqsadi – OFKga a'zo mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qit'a futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar bo'yicha yanada to'liqroq ma'lumot berishdan iborat bo'ladi.
Har yili tashkil etiladigan ushbu konferentsiyada bu yil shuningdek, OFKning mintaqaviy assotsiatsiyalari rahbarlari ham qatnashadi.
Ikki kunlik konferentsiya davomida bosh kotiblar zamonaviy futbol boshqaruv tizimidagi so'nggi yangiliklar, tizimdagi yangi o'zgarishlar xususida yanada ko'proq ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Bosh sahifaga
223