Timo Verner Bundesliga rekordiga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatining bir mavsumida safar o'yinlarida urgan gollari soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarildi.
Hujumchi Bendesliganing 29-turi doirasida "Kyoln" maydonida o'tkazilgan o'yinda ushbu mavsumda safardagi 15-golini urdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Per-Emerik Obameyang (2016/17), Edin Jeko (2009/10) va Gerd Myuller (1971/72)ning natijasini takrorladi.
Rekord esa hamon Yupp Xaynkesga tegishli bo'lib, u 1973/74 yilgi mavsumda safarda 17ta gol urgan.
24 yoshli Verner "RB Leyptsig" safida barcha musobaqalar doirasida 39ta o'yinda 30ta gol va 12ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240