Braziliya klubining 16 nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Braziliyaning mashhur "Vasko da Gama" klubining 16 nafar futbolchisiga koronavirusga chalindi.
Klubning 43 nafar a'zosidan 19 nafari topshirgan testlar ijobiy chiqdi. 16 nafar futbolchi karantinga olindi, qolgan uch nafar klub xodimida antikorlar topilgan. Qolgan futbolchilar qaytadan tekshiruvdan o'tadi, deya xabar bermoqda La Repubblica.
Hamma qatori Braziliyada ham mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat noma'lum muddatga qoldirilgandi.
Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinganlar qatorida dunyoda ikkinchi o'rinda turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199