"Barselona" Lautaro Martines bilan kelishuvga erishdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Italiyaning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines o'zaro kelishuvga erishdi deya xabar bermoqda italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skira o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Manbaning yozishiga qaraganda, "Barselona" klubi Martinesga yiliga 12 million evro maosh to'lamoqchi. Shuningdek, futbolchi ma'lum shartlar bajarilganida bonusli to'lovlarga ega bo'lishi mumkin. Yaqin vaqtlar ichida "Barselona" va "Inter" klublari o'zaro kelishuvga erishishi kutilmoqda. "Barselona" Martinesning transferi uchun 90 million evro va yana bir futbolchini berishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147