«Atletiko» futbolchisiga Italiya va Frantsiyadan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 494

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Stefan Savich jamoani tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 29 yoshli chernogoriyalik futbolchiga Italiyaning «Yuventus» va Frantsiyaning «Monako» klublari qiziqish bildirmoqda.
«Atletiko» o'z futbolchisini qo'yib yuborish niyatida emas, lekin agar yaxshi taklif tushadigan bo'lsa, "matraschilar" rahbariyati bu taklifni ko'rib chiqishga rozi.
Savich joriy mavsumda La Ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208