«Yuventus» 42 yoshli Buffonning kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502
"Yuventus" rahbariyati Janluidji Buffon bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira Twitter orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, turinliklar 42 yoshli posbon bilan 2021 yilning yozigacha bo'lgan muddatga shartnoma imzolashadi. Hozircha kelishuvning boshqa shartlari ma'lum qilinmadi.
Eslatib o'tamiz, Buffon 2001 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib keladi. 2018 yilning yozida "PSJ"ga o'tib, bir yildan keyin "keksa sinora" safiga qaytib keldi.
Jiji ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 11ta o'yinda maydonga tushib, 9ta to'p o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!