AGMK jamoasi katta tanaffusdan keyin mashg'ulot o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 713
Karantin tufayli deyarli ikki oydan ko'proq vaqtni uyda o'tkazgan va yakka tartibda shug'ullanib turgan AGMK futbolchilari bugundan klub qarorgohiga yig'ilishdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga mashg'ulot o'tkazishidan oldin jamoa bosh shifokori Islom Abaev tomonidan yana bir bor tibbiy nazoratdan o'tkazilgan futbolchilar kunning ikkinchi yarmida qarorgohdagi maydonda shug'ullanishdi. Qayd etish kerakki, mashg'ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat'iy amal qilgan holda o'tkazildi.
Shu tariqa jamoaviy mashg'ulotlarni uzoq kutgan va yashil maydon hamda jamoaviy muhitni sog'ingan AGMK futbolchilari tartib qoidaga amal qilgan holda a'lo kayfiyatda bugungi qizg'in o'tgan mashg'ulotni yakunlashdi.
Eslatib o'tamiz, AGMK jamoasi yig'in o'tkazishdan avval SSV huzuridagi SEOAga qarashli Olmaliq shahri SEOM xodimlari tomonidan Covid-19ga test tahlillarini topshirishdi va hech kimda koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi.
Manba: AGMK matbuot xizmati