«PSJ» shifokori xavotirda: Di Mariya tushkunlikka tushib qolgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 716
«PSJ» shifokori jamoa yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning uyqusizlikka chalinganidan xavotirda ekanini ma'lum qildi.
Le Parisien tarqatgan xabarga ko'ra, karantin paytida argentinalik futbolchini uyqusizlik, tushkunlik va depressiya bezovta qila boshladi. Bunga futbol faoliyatining to'xtab qolgani sabab bo'lgan. Uning holatidan xotini ham xavotirga tushgan.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Frantsiya chempionati muddatidan avval yakunlandi. «PSJ» esa chempion sifatida tan olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!