Bundesliga. «Leyptsig» safarda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482
Germaniya chempionatining 29-turi doirasida «Kyoln» o'z uyida «RB Leyptsig»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo mehmonlar tanaffusga qadar ikkita gol urib, oldinga o'tib olishdi.
Ikkinchi bo'lim boshida darvozalarga 3ta to'p kiritildi: ulardan ikkitasi "Kyoln", bittasi "Leyptsig" darvozasiga. Yakuniy hisob — 2:4, mehmonlar foydasiga.
Ushbu g'alabadan keyin "Leyptsig" o'z ochkolarini 58taga etkazi, jadvalda 3-o'ringa qaytdi.
Germaniya chempionati, 29-tur
Kyoln – RB Leyptsig 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 1:0 – 7 Kordoba, 1:1 – 20 Shik, 1:2 – 38 Nkunku, 1:3 – 50 Verner, 2:3 – 55 Modest, 2:4 – 57 Olmo.
Kyoln – Xorn, Shmitts (Xorxe Mere, 75), Lyaystner, Chixos, Katterbax, Sxiri, Xektor, Kaynts (Dreksler, 58), Redjbechay (Tilmann, 58), Yakobs (Terodde, 75), Kordoba (Modest, 24).
RB Leyptsig – Gulachi, Mukiele, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Zabittser, Laymer (Adams, 59), Olmo (Forsberg, 84), Nkunku, Shik (Aydara, 68), Verner.
Ogohlantirishlar: Lyaystner (30), Dreksler (61), Forsberg (89).