"Yuventus" "Chelsi" bilan futbolchi almashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 833
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus" Londonning "Chelsi" klubi yarimhimoyachisi Jorjinoga qiziqish bildirmoqda.
Nashrning xabar berishicha, Italiya klubi yarimhimoyachi evaziga Federiko Bernardeskini bermoqchi. Ilgari "Chelsi"da ishlagan "Yuventus" bosh murabbiyi Maurisio Sarri Jorjinoni sotib olishni talab qilmoqda.
Ushbu mavsumda 28 yoshli Jorjino "Chelsi" tarkibida barcha turnirlarda 37 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. 26 yoshli Bernardeski esa 24 ta o'yinda bitta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!