AGMK a'zolari koronavirus uchun test topshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 744
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi Superliga restartiga tayyorgarlik doirasida o'z qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Mashg'ulotlarga kirishishdan avval jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va qarorgohda xizmat qiluvchi personallar, jami 43 kishi Covid-19ga test topshirdi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qarashli Olmaliq shahri SEOM xodimlari klubimiz istiqomat qilayotgan qarorgohda belgilangan tartibda jamoa vakillaridan test tahlillarini olishdi.
Tahlil natijalariga ko'ra, barcha 43 nafar klub vakillarida koronavirus infektsiyasi yo'qligi aniqlandi va endilikda jamoa Do'rmondagi qarorgohda shifokorlar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat'iy amal qilgan holda mashg'ulotlarga kirishadi.f
Manba: AGMK matbuot xizmati