«MYu» Igalo bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 854
Odion Igalo "MYu" bilan shartnomasini 2021 yil yanvar oyiga qadar rasman uzaytirdi.
«Manchester Yunayted» hujumchisi Odion Igaloning agenti Atta Aneke nigeriyalik futbolchining kelgusi faoliyati haqida aytib o'tdi.
Qayd etish kerak, Igaloning transfer huquqi Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubiga tegishli.
«Biz ijara muddatini uzaytirishga kelishib oldik. Bu esa Igalo MYuda 2021 yil yanvar oyigacha qolishini anglatadi», dedi agent.
Uning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 31 may kuni yakuniga etdi. Avvalroq, Xitoy klubi Igaloni mahalliy chempionat startidan avval o'z rejalariga kiritgani haqida ma'lumot berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!