Villi Sanol: Leroy Sane «Bavariya»ga mutlaqo to'g'ri kelmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 344
«Bavariya» klubi va Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Villi Sanol «Manchester Siti» hujumchisi Leroy Sanening myunxenliklar safiga qo'shilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
«Sane xarakter jihatidan myunxenliklarga mos kelmaydi. U beqaror o'yinchi, bundan tashqari, juda odamovi. Menimcha, u «Bavariya»ga umuman to'g'ri kelmaydi.
Sane «Manchester Siti» va Germaniya terma jamoasida ko'p muammo chiqargan. Aytishlaricha, u 80 million evro turadi. Undan ko'ra, yana 20 million qo'shgan holda Kay Havetrtsni sotib olgan ma'qul.
Havertts «Bavariya»ga juda mos pleymeker hisoblanadi, u Levandovskiga yaxshi sherik bo'lishi mumkin. Axir Myuller abadiy o'ynay olmaydi», — deydi Sanol.
Xabarlarga ko'ra, Sane katta ehtimol bilan yangi mavsumni nemis klubi safida boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Myunxen klubi futbolchini 2019 yilning yozidayoq olib kelishni mo'ljal qilgandi. Biroq Leroyning jiddiy jarohati mazkur kelishuvga raxna solgandi. Mazkur jarohat sabab futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi.