«Valensiya» klubi «Atalanta» bosh murabbiyini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778
«Valensiya» klubi «Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinining fikriga rasmiy javob qaytardi. Avvalroq Gasperini Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi javob o'yini arafasida koronavirusga chalinganini, ammo isitmalamagani uchun testdan o'tmaganini ta'kidlagan edi.
«Valensiya» klubi «Atalanta» murabbiyi Jan Pero Gasperinining fikrlaridan ajablanganini rasman ta'kidlaydi. U 10 mart kuni «Mestalya»da bo'lib o'tgan o'yin arafasida koronavirusning belgilarini his qilgan, ammo ehtiyot choralarini ko'rmagan. Bunday xatti-harakatlar orqali u Valensiyadagi ko'plab inosnlarning hayotini xavf ostiga qo'ygan», — deyiladi klub bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!