“Navbahor” mashg'ulotlarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 806
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli, mamlakatimizda barcha sport musobaqalari, shu jumladan, futbol o'yinlari ham 16 mart kunidan to'xtatilgandi. Natijada, Superliga bahslari 3-turdan so'ng, to'xtab qolgandi.
PFL qaroriga ko'ra, 30 may kunidan boshlab, Superliga klublariga mashg'ulotlarni qayta boshlashga ruxsat berildi.
Shu munosabat bilan “Navbahor” futbolchilari kecha klub qarorgohida yig'ilib, tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat'iy amal qilgan holda, mashg'ulot o'tkazishdi.
Uzoq tanaffusdan keyingi ilk mashg'ulot 30 may kuni kechki payt “Markaziy” o'yingoh maydonida o'tkazildi.
“Lochinlar” mashg'ulotlarni bugun ham davom ettirishdi. Bugungi mashg'ulotni “Markaziy” o'yingohning zaxira maydonida, Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi o'tkazdi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.