Belarus chempionati. Yaxshiboevsiz "Energetik-BGU" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 661

Belarus Oliy ligasi 11-turi doirasida «Energetik-BGU» jamoasi o'z maydonida «Vitebsk» bilan qiyin kechgan bahsda so'nggi soniyalarda muhim g'alabani qo'ldan chiqardi.
Xabaringiz bor, diskvalifikatsiya sababli mezbonlarning asosiy futbolchisi Jasur Yaxshiboev «Energetik-BGU»ga yordam bera olmagan bo'lsa, yana bir o'zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov o'yinda jamoasining 2-goliga mualliflik qildi.
Uchrashuv 3:2 hisobidagi mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlashi arafasida mehmonlar qo'shib berilgan 90+4-daqiqada muvozanatni tiklashga erishishdi – 3:3.
Belarus Oliy ligasi. 11-tur. 31 may
«Energetik-BGU» – «Vitebsk» - 3:3
Gollar: 0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Shahboz Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – Sezar 90+4.
Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchits, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Shahboz Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, Shkurdyuk.
Vitebsk – Gushenko, Chalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleesku, Santos (Ksenofontov, 80).
Chetlatish: Yudchits (56, E).

Bosh sahifaga
200