Mahrezni tunab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 640

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Riyod Mahrezning uyiga o'g'ri tushdi, deya xabar qilmoqda The Sun.
Ta'kidlanishicha, talonchilar umumiy miqdorda 555 ming evrolik mol-mulkni o'margan. Xususan, futbolchining 255 ming evrolik Richard Mille, 44 minglik Rolex Daytona va 39 minglik Rolex Day Date soati o'g'irlangan.
Shuningdek, 61 ming evro miqdoridagi naqd pul va 166 ming evroga baholangan boshqa buyumlar o'g'irlab ketilgan.
Xabar qilishicha, Manchester markazidagi uyga o'g'rilar tushgan vaqtda futbolchi voqea joyida bo'lmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175