Rasman: PSJ Ikardi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1029
Argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi PSJ jamoasida qoladigan bo'ldi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan. PSJ Ikardi transferi uchun «Inter»ga 50 million evro to'laydi. Shuningdek, 8 million evro miqdorida bonus pullari ham nazarda tutilgan. Futbolchining o'zi Parij klubida yiliga bonuslardan tashqari 8 million evro maosh oladi.
PSJ Ikardini 2019 yilning yozida «Inter»dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgandi. Joriy mavsum Mauro PSJ safida 31 o'yin o'tkazib, 20 gol va to'rtta samarali uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!